Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Barella: «Oldinda bizni yana bir final kutmoqda»

Barella: «Oldinda bizni yana bir final kutmoqda»

Baho:
+ | -

«Inter» yarim himoyachisi Nikolo Barella «Parma» ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:0) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu muvaffaqiyat «neradzurrilar»ga A Seriya yakunlanishiga 3 tur qolganda chempionlikni taqdim etdi.

«Albatta, biz baxtlimiz! Mavsum boshida aytganimizdek, bu bizning asosiy maqsadimiz edi. Oldinda yana bir maqsad turibdi — unga bir haftadan so‘ng erishishimiz mumkin. Bu oson bo‘lgani yo‘q, lekin hozir ushbu lahzalardan zavq olmoqchimiz.

Bu futbol va hayot — ularda qiyin davrlar bo‘lib turadi. Masalan, o‘tgan mavsumda sovrinlarga juda yaqin kelgandik, ammo yakunda quruq qoldik. Hayotda muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng doimo qayta qad tiklash kerak. Jamoadoshlarim va murabbiylar shtabiga rahmat aytmoqchiman — ular meni qiyin damlarda qo‘llab-quvvatlashdi, men esa borimni berishga harakat qilyapman.

Doim aytganman: maydonda xato qilish mumkin, ammo bu jamoa hech qachon bir butun bo‘lish ishtiyoqini yo‘qotmagan. Biz doim borimizni berib o‘ynadik. G‘alaba qozonish yoki yutqazish mumkin, lekin men yigitlar bilan faxrlanaman», — dedi Nikolo Barella DAZN Italia efirida.

Eslatib o‘tamiz, agar «Inter» 13 may kuni Italiya Kubogi finalida «Lasio»ni mag‘lub etsa, mavsumni «oltin dubl» bilan yakunlashi mumkin.

Kiritildi: 13:30, 04.05.2026.
O'qildi: 179 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик