Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Kapello: «Ronaldo doim bazmlarga borardi va faqat ayollar haqida o‘ylardi»

Kapello: «Ronaldo doim bazmlarga borardi va faqat ayollar haqida o‘ylardi»

Baho:
+ | -

«Real Madrid»ning sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello braziliyalik Ronaldoning Madrid klubidagi faoliyati davomida professionallik darajasi yetarli bo‘lmagani haqida gapirib berdi.

Ronaldo 2002 yildan 2007 yilgacha «Real» sharafini himoya qilgan.

«Ronaldo Madridga kelganida undan: "Jahon chempionatida g‘olib chiqqaningda vazning qancha edi?" deb so‘radim. U: "84 kilogramm", deb javob berdi. "Hozir-chi?" desam, "94", dedi. U yomon o‘rnak ko‘rsatardi. Keraklicha mashq qilmas va jamoadoshlarini ham bunga rag‘batlantirmas edi. Shu sababli prezident bilan u bilan xayrlashishga qaror qildik.

Berluskoni menga qo‘ng‘iroq qilib: "Ronaldoning ishlari qalay?" deb so‘radi. Men esa: "Prezident, u yaxshi futbolchi. Lekin noto‘g‘ri o‘rnak bo‘lyapti, doimiy ravishda bazmlarga boradi, vazn to‘plagan. U faqat ayollar haqida o‘ylaydi", deb javob berdim. Ertasi kuni esa Gazzetta nashrida: "Ronaldo «Milan»ga o‘tmoqda", degan xabar chiqdi», — dedi Kapello.

Kiritildi: 15:41, 04.05.2026.
O'qildi: 906 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик