«Manchester Yunayted» jamoa sardori Brunu Fernandeshning vorisi sifatida «Aston Villa» yarim himoyachisi Morgan Rojers nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Telegraph nashri jurnalisti Jeyson Bert xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «qizil iblislar» 23 yoshli futbolchini kelajakda asosiy «o‘nlik» (pleymeyker) pozisiyasi uchun munosib nomzod deb hisoblamoqda.
Shu bilan birga, Rodjersning universalligi ham yuqori baholanmoqda — u nafaqat markazda, balki chap qanot hujumida ham samarali harakat qila oladi. Aynan jamoaning chap qanotini kuchaytirish «MYU»ning yozgi transfer oynasidagi ustuvor rejalaridan biri bo‘lib turibdi.













