Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

«Liverpul» polshalik vunderkind uchun poygaga qo‘shildi. Uning tovon puli 60 mln yevroni tashkil etadi

«Liverpul» polshalik vunderkind uchun poygaga qo‘shildi. Uning tovon puli 60 mln yevroni tashkil etadi

Baho:
+ | -

Portugaliyaning «Portu» klubi vingeri Oskar Petushevski Angliya Premyer-ligasi grandlari e’tiboriga tushdi. Bu haqda Record nashri xabar bermoqda.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, 18 yoshli futbolchi uchun asosiy da’vogar sifatida «Liverpul» klubi ko‘rilmoqda. Biroq mersisaydliklar ushbu transfer borasida jiddiy raqobatga duch kelishlari mumkin — «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Nyukasl» klublari ham futbolchining harakatlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Petushevski joriy yilning yanvar oyida Polshaning «Yagelloniya» jamoasidan 8 mln yevro evaziga «Portu» safiga o‘tgan edi. Portugaliya klubi tarkibida u tez fursatda o‘zini ko‘rsatishga ulgurdi: chap qanot vingeri 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta golli harakatni (gol va assist) o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Qayd etilishicha, «ajdarlar» iqtidorli futbolchisini arzonga qo‘yib yubormoqchi emas. Uning shartnomasidagi tovon puli (klausula) 60 mln yevro etib belgilangan.

Kiritildi: 19:24, 04.05.2026.
O'qildi: 1179 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик