Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Liverpul» «Yuventus» kuzatayotgan himoyachini sotib olishga harakat qiladi

«Liverpul» «Yuventus» kuzatayotgan himoyachini sotib olishga harakat qiladi

Baho:
+ | -

«Liverpul» klubi «Yuventus»ning qiziqishlari doirasida bo‘lgan himoyachi bilan shartnoma imzolashga urinib ko‘radi.

Mashhur jurnalist Matteo Morettoning xabar berishicha, «Bornmut» markaziy himoyachisi Markos Senesi A Seriyaning bir nechta klublaridan kelgan takliflarni rad etgan holda Angliyada qolishga intilmoqda.

Qayd etilishicha, mersisaydliklar sport rahbariyati argentinalik futbolchiga allaqachon jiddiy qiziqish bildirgan va shu yozda uni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi. Yaqin vaqt ichida tomonlar o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Markos Senesi joriy mavsumda «Bornmut» safida barcha musobaqalarda 36 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.

Kiritildi: 19:30, 04.05.2026.
O'qildi: 799 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик