Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

«Bavariya» bosh direktori: «PSJ» bilan o‘yindagi maqtovlar bizni YECHL finaliga olib chiqmaydi»

«Bavariya» bosh direktori: «PSJ» bilan o‘yindagi maqtovlar bizni YECHL finaliga olib chiqmaydi»

Baho:
+ | -

«Bavariya» bosh direktori Yan-Kristian Drezen Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi «PSJ»ga qarshi kechgan birinchi bahsdan (4:5) keyingi fikrlar bilan o‘rtoqlashdi.

– Birinchi o‘yindan keyin turli mamlakatlardan kelayotgan maqtovlarni qanday baholaysiz?

– Haqiqatan ham juda ko‘p ijobiy fikrlar bildirildi. Pep Gvardioladan tortib Tyerri Anrigacha — butun dunyodagi murabbiylar, ekspertlar va afsonalar bu o‘yinni yuqori baholashdi. Peter Shmeyxel CBS telekanalida bundan yaxshiroq o‘yinni hech qachon ko‘rmaganini aytdi. Bu tarixiy kecha bo‘ldi, chunki Chempionlar ligasi yarim finallari tarixida hali hech qachon bunchalik ko‘p gol urilmagan edi. Biz esa o‘sha oqshom stadionda bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldik.

Biroq bu maqtovlar bizni Budapeshtdagi finalga olib chiqmaydi. Biz finalga chiqishni istaymiz va buning uchun mana shu kuchli Parij jamoasi bilan bo‘ladigan bahsda futbol olamini yana bir bor hayratda qoldirishimiz kerak, — dedi Drezen.

Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» 6 may kuni o‘z maydonida parijliklarni javob uchrashuvida qabul qiladi.

Kiritildi: 21:37, 04.05.2026.
O'qildi: 688 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик