Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

«Chelsi» oxirgi 10 ta o‘yindan 8 tasida mag‘lubiyatga uchradi

«Chelsi» oxirgi 10 ta o‘yindan 8 tasida mag‘lubiyatga uchradi

Baho:
+ | -2

Londonning «Chelsi» klubi inqirozli seriyani davom ettirmoqda. Jamoa so‘nggi 10 ta uchrashuvning 8 tasida imkoniyatni boy berdi.

Bugun APLning 35-turi doirasida «Nottingem Forest»ga qarshi kechgan bahs (1:3) ushbu muvaffaqiyatsizliklar zanjirining navbatdagi halqasi bo‘ldi. Oxirgi 10 ta o‘yin ichida «ko‘klar» faqat ikki marta g‘alaba qozonishdi:

Angliya Kubogi 1/4 finalida «Port Veyl» ustidan (7:0);

Musobaqa yarim finalida «Lids» ustidan (1:0).

Qolgan 8 ta uchrashuvda esa mag‘lubiyat qayd etildi. Ushbu davr mobaynida «Chelsi» raqiblar darvozasiga 3 ta gol urib, o‘z darvozasidan 22 ta to‘p olib chiqdi (umumiy hisob — 3:22).

Jamoani oldinda yana bir jiddiy sinov kutmoqda: 9 may kuni APL 36-turi doirasida «Chelsi» o‘z maydonida «Liverpul»ni qabul qiladi. Bunday og‘ir holatda londonliklar mersisaydliklarga qanday qarshilik ko‘rsatishi ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otmoqda.

Kiritildi: 21:43, 04.05.2026.
O'qildi: 572 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик