Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro 1-0 Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor 2-1 Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona 1-5 Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

«Galatasaroy» Brunu Fernandeshni nishonga oldi: Turklar katta transferga tayyorlanmoqda

«Galatasaroy» Brunu Fernandeshni nishonga oldi: Turklar katta transferga tayyorlanmoqda

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh «Galatasaroy» qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi.

Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, Turkiya klubi shu yozda amalga oshiriladigan transferlar orqali yana o‘z so‘zini aytishni istamoqda. Klub e’tibor markazida «o‘nlik» va «oltilik» pozisiyalari turibdi.

«Galatasaroy» o‘tgan transfer oynasida ham Fernandeshga qiziqish bildirgan edi — u hali ham klubning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Turkiyaliklar portugaliyalik futbolchining vakillari bilan qayta bog‘lanmoqchi, biroq bu transferning amalga oshish imkoniyatini yuqori baholashmayapti. Chunki Brunu «MYU» safida Chempionlar ligasida ishtirok etish imkoniyatiga ega.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Brunu APLda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 00:53, 05.05.2026.
O'qildi: 1402 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик