Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

«MYU»da yangi Fernandesh paydo bo‘lishi mumkin

«MYU»da yangi Fernandesh paydo bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

«Vest Xem»ning 21 yoshli markaziy yarim himoyachisi Mateush Fernandesh «Manchester Yunayted» e’tiboriga tushdi.

Agar London klubi APLdan tushib ketadigan bo‘lsa, portugaliyalik futbolchi jamoani tark etishi kutilmoqda. Shu bilan birga, «Vest Xem» rahbariyati futbolchini tarkibda saqlab qolish istagida.

The Telegraph nashrining xabar berishicha, mankunianliklar joriy mavsum davomida yarim himoyachining o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib borishgan. Ayniqsa, so‘nggi haftalarda Fernandeshning o‘yinini o‘rganish jarayoni yanada faollashgan.

Ma’lumot uchun, ushbu mavsumda yarim himoyachi APLning 33 ta o‘yinida maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U 2025 yilda 44 million yevro evaziga «Sautgempton»dan «Vest Xem»ga ko‘chib o‘tgan edi.

Kiritildi: 09:16, 05.05.2026.
O'qildi: 1252 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик