Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Shesnining «Barselona»dagi kelajagi ma’lum bo‘ldi

Shesnining «Barselona»dagi kelajagi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+1 | -

«Barselona»ning polshalik darvozaboni Voysex Shesnining klubdagi kelajagi borasida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Jurnalist Rojer Torelloning xabar berishicha, Shesni «Barselona»da qolishga qaror qilgan.

Ta’kidlanishicha, darvozabon boshqa bir top-klubning taklifini rad etgan. O‘sha jamoada unga asosiy tarkibdan kafolatlangan joy va’da qilingan edi. Biroq Shesni uchun Barselonadagi barqarorlik va oilaviy hayot kattaroq maosh hamda doimiy o‘yin amaliyotidan muhimroq ekani aytilmoqda.

Shesni 2024 yilning kuzida «Barselona» a’zosiga aylangan edi. O‘shandan beri darvozabon barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 53 ta to‘p olib chiqdi va 14 ta uchrashuvda «quruq» o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:39, 05.05.2026.
O'qildi: 1135 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик