Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mbappe «el-klasiko»da maydonga tushish uchun tinimsiz mehnat qilmoqda

Mbappe «el-klasiko»da maydonga tushish uchun tinimsiz mehnat qilmoqda

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe «Barselona»ga qarshi bo‘lajak muhim bahsgacha sog‘ayib ketish uchun bor imkoniyatini ishga solmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, fransiyalik yulduz chap oyog‘idagi mushak jarohatidan tezroq tiklanish maqsadida jamoaviy dam olish kunlarida ham bazada individual tarzda shug‘ullangan. Mbappening asosiy maqsadi — 10 may kuni «Kamp Nou»da bo‘lib o‘tadigan «el-klasiko»da ishtirok etish.

«Qaymoqranglilar» tibbiy shtabi futbolchining holatini kunlik nazorat qilib bormoqda. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Kilianning tiklanish jarayoni kutilganidan tezroq kechmoqda va uning yakshanba kungi bahsda qaydnomaga kiritilishi ehtimoli ancha yuqori.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe jarohati sabab La Liganing so‘nggi turi doirasidagi «Espanyol»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi.

Kiritildi: 16:20, 05.05.2026.
O'qildi: 1038 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик