«Arsenal»ning mag‘lubiyatsiz seriyasi to‘rtta o‘yinga yetdi.
Mikel Arteta shogirdlari Chempionlar ligasi yarim finalida «Atletiko»ni mag‘lub etdi — 1:0. 29 aprel kuni ushbu jamoalar o‘zaro durang o‘ynashgan edi (1:1).
2 may kuni «kanonirlar» «Fulxem»ni tor-mor etdi (3:0), 25 aprelda esa «Nyukasl»dan ustun keldi (1:0).
10 may kuni «Arsenal» APL doirasida «Vest Xem»ga qarshi maydonga tushadi.













