«Atletiko» joriy mavsumni sovrinsiz yakunlaydigan bo‘ldi.
Bugun Madrid klubi Chempionlar ligasi yarim finalining javob uchrashuvida «Arsenal»ga imkoniyatni boy berdi (0:1, birinchi o‘yin – 1:1). Bunga qadar Diyego Simeone shogirdlari La Ligada chempionlik imkoniyatini yo‘qotgan, Ispaniya Kubogi finalida «Real Sosyedad»ga mag‘lub bo‘lgan va mamlakat Superkubogi yarim finalida «Real»ga yengilib, musobaqani tark etgan edi.
«Matraschilar» qatorasiga 5 mavsumdan beri birorta ham sovrin yuta olmayapti. Jamoa qo‘lga kiritgan so‘nggi titul 2021 yilga to‘g‘ri keladi — o‘shanda «Atletiko» Ispaniya chempioni bo‘lgan edi.













