«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann deyarli butun faoliyatini Ispaniyada o‘tkazgan bo‘lsa-da, na Chempionlar ligasida va na La Ligada g‘olib chiqa oldi.
Bugun Madrid klubi Chempionlar ligasi yarim finalining javob uchrashuvida «Arsenal»ga imkoniyatni boy berdi (0:1, birinchi o‘yin – 1:1) va mavsumni sovrinsiz yakunladi. 35 yoshli fransiyalik futbolchi yozda MLSning «Orlando Siti» jamoasi a’zosiga aylanadi.
Antuan 2009 yildan 2014 yilgacha «Real Sosyedad» sharafini himoya qilib, yuqori darajadagi turnirlarda sovrin yuta olmagan (faqat 2009/10 yilgi mavsumda Segunda g‘olibi bo‘lgan).
«Atletiko» safida u 2014–2019 va 2021–2026 yillar davomida to‘p surdi. Bu vaqt oralig‘ida u Yevropa ligasi (2017/18), Ispaniya Superkubogi (2014) va UYEFA Superkubogida (2018) zafar quchdi.
2019 yildan 2021 yilgacha futbolchi «Barselona» sharafini himoya qilib (keyingi ikki mavsumni «Atletiko»da ijarada o‘tkazdi), kataloniyaliklar bilan faqatgina bir bor Ispaniya Kubogida (2020/21) g‘olib chiqdi.
Fransiya terma jamoasi tarkibida esa Grizmann 2018 yilgi jahon chempioni va 2020/21 yilgi Millatlar ligasi g‘olibiga aylangan.













