Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

«MYU»ning bir guruh muxlislari marhum Diogu Jotani haqorat qilishdi

«MYU»ning bir guruh muxlislari marhum Diogu Jotani haqorat qilishdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» muxlislarining bir qismi «Liverpul» bilan o‘yin oldidan Diogu Jotaning vafoti ustidan kulishdi.

3 may kuni «MYU» o‘z maydonida APLning 35-turi doirasida «qizillar»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

The Telegraph nashrining xabar berishicha, o‘yin oldidan «Yunayted» ishqibozlarining kichik bir guruhi «Liverpul» va Portugaliya terma jamoasining sobiq futbolchisi haqida haqoratli qo‘shiq kuylashgan. Eslatib o‘tamiz, Jota o‘tgan yozda akasi bilan birga YTH (avtohalokat) natijasida halok bo‘lgan edi.

Taxminan besh kishidan iborat guruh «Old Trafford» stadioniga qarab ketayotib, «Jota o‘ldi, xayr-xayr» deya hayqirishgan. Ushbu holat kameralarga muhrlangan. «MYU»ning boshqa muxlislari videodagi shaxslardan o‘zlarini uzoq tutishgan va klubni ularga o‘yinlarga tashrif buyurishni taqiqlashga chaqirishgan.

Keyinchalik, o‘yin davomida «Manchester Yunayted» muxlislarining ancha katta qismi 20-daqiqada «Liverpul» ishqibozlari tomonidan Jota xotirasiga bag‘ishlab boshlangan olqishlar daqiqasiga qo‘shilishdi.

Kiritildi: 02:58, 06.05.2026.
O'qildi: 441 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик