Braziliyalik yarim himoyachi Kazemiro amaldagi klubi — «Manchester Yunayted» bilan mehnat shartnomasini uzaytirish ehtimoli haqida fikr bildirdi.
«Yana bir yil? Hech qachon. Men sharaf bilan ketishga qaror qildim. «MYU»da to‘rtta ajoyib yilni o‘tkazdim va hammasi uchun minnatdorman. Hammasi tugadi. Bu bob yakunlandi», — deya yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi ESPN.
Eslatib o‘tamiz, tajribali braziliyalik futbolchi 2022 yildan buyon «qizil iblislar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma iyun oyida o‘z nihoyasiga yetadi. APLning joriy mavsumida 34 yoshli Kazemiro mankunianliklar safida 33 ta o‘yinda maydonga tushdi. Yulduzli yarim himoyachi ushbu bahslarda 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













