Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar ligasi finalida jamoa tarkibi qanday bo‘lishi haqidagi savolga javob berdi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq «kanonirlar» o‘z maydonida Madridning «Atletiko» jamoasini mag‘lub etib (1:0), so‘nggi 20 yil ichida ilk bor bosh yevrokubok finaliga yo‘l olgan edi.
«Hozircha bilmayman. Biz raqibni, futbolchilarning jismoniy va ruhiy holatini tahlil qilishimiz kerak. Hatto bugungi o‘yin uchun tarkib tanlash ham qiyin kechdi: men o‘nlab variantlarni ko‘rib chiqdim, lekin ularning birortasi meni to‘liq ishontirmadi. Yakunda esa o‘zim to‘g‘ri deb hisoblagan qarorni qabul qildim», — dedi Arteta jurnalistlarga.













