Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Javohir Sindarov: "Ikki hafta shaxmatga yaqinlashmadim, faqat Counter-Strike o‘ynab dam oldim"

Javohir Sindarov: "Ikki hafta shaxmatga yaqinlashmadim, faqat Counter-Strike o‘ynab dam oldim"

Baho:
+ | -

Yaqindagina Nomzodlar turnirida g‘alaba qozonib, butun shaxmat olamini hayratda qoldirgan Javohir Sindarov hozirda Polshada Grand Chess Tour doirasida dunyo yulduzlariga qarshi dona surmoqda.

Javohirdan Nomzodlar turniridan keyin vaqtini qanday o‘tkazgani haqida so‘rashganda, u kutilmagan javobni berdi. Uning aytishicha, so‘nggi ikki hafta davomida shaxmatga umuman yaqinlashmagan va vaqtini ko‘proq Counter-Strike (CS) o‘ynash hamda boshqa ishlar bilan o‘tkazgan.

"Nomzodlar turniri odamni juda charchatib qo‘yadi, bor kuchingni oladi. Shuning uchun shunchaki miyani dam oldirish kerak edi. Polshadagi turnirga atigi ikki kun qolgandagina tayyorgarlik ko‘rishni boshladim".

Ushbu nufuzli musobaqadagi maqsadlari haqida gapirar ekan, Javohir o‘ziga ortiqcha bosim yuklamayotganini ta’kidladi. Uning uchun hozirgi asosiysi turnirda g‘olib chiqish emas, balki shunchaki o‘z darajasida, sifatli va chiroyli shaxmat ko‘rsatishdir.

Musobaqaning birinchi kuni yakunlari bo‘yicha hamyurtimiz o‘z o‘yinlaridan mamnunligini bildirdi. U dastlabki ikki partiyada g‘alabaga juda yaqin kelgani, lekin raqiblar ham kuchli himoyalanganini aytdi. Uchinchi o‘yinda esa biraz omad kulub boqib, g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgan:

"O‘yin davomida yutish qiyindek tuyulgandi, lekin yakunda g‘alaba qozondim. Birinchi kundan ko‘nglim to‘ldi".

Manba: https://t.me/uzchesss
Kiritildi: 15:18, 06.05.2026.
O'qildi: 1057 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик