Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Opta talqiniga ko‘ra «Arsenal» APL chempionligi uchun asosiy favorit deb ataldi

Opta talqiniga ko‘ra «Arsenal» APL chempionligi uchun asosiy favorit deb ataldi

Baho:
+ | -

Opta statistik kompaniyasi Angliya chempionati yakunlari bo‘yicha yangilangan prognozini taqdim etdi. Tegishli ma’lumotlar kompaniyaning rasmiy saytida e’lon qilindi.

Opta superkompyuteri tomonidan o‘tkazilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, Londonning «Arsenal» klubi 86,35% imkoniyat bilan musobaqa favoriti bo‘lib turibdi. Oxirgi turda «Everton» bilan o‘yinda ochko yo‘qotgan «Manchester Siti»ning chempionlik imkoniyati esa 13,65% etib belgilandi.

Mikel Arteta shogirdlari 35 o‘yinda 76 ochko jamg‘argan holda APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Pep Gvardiola jamoasida 71 ochko bor va zahirada bitta o‘yin mavjud. Keyingi o‘rinda 64 ochko bilan «Manchester Yunayted» bormoqda, biroq ular allaqachon chempionlik uchun da’vogarlik qila olmaydilar.

Mavsum yakuniga qadar «Manchester Siti» «Brentford», «Kristal Pelas», «Bornmut» va «Aston Villa» bilan kuch sinashadi, shuningdek, klubni Angliya Kubogi finalida «Chelsi»ga qarshi o‘yin kutmoqda.

«Arsenal»ni esa «Vest Xem», «Byornli» va «Kristal Pelas»ga qarshi bahslar, shu bilan birga APL mavsumi yakunlanganidan keyin Chempionlar ligasi finali kutib turibdi.

Kiritildi: 15:46, 06.05.2026.
O'qildi: 500 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик