Angliyaning «Chelsi» klubi himoyachisi Uesli Fofana nomzodi Ispaniyaning «Barselona» jamoasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Sky Sport xabar berdi.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yaqinda futbolchining vakillari uning xizmatlarini «Barselona»ga taklif qilishgan. Ispaniya klubi bo‘lajak transfer oynasi oldidan voqealar rivojining turli ssenariylarini ishlab chiqmoqda. So‘nggi haftalarda «Barselona» vakillari va futbolchining atrofidagilar o‘rtasida potensial kelishuv qanchalik amalga oshishi mumkinligini baholash maqsadida muzokaralar olib borilgan.
«Chelsi» futbolchining ketishiga qarshi emas, biroq klub faqat bonuslarsiz kamida 30 million yevro miqdoridagi taklif tushgan taqdirdagina transferga rozilik berishga tayyor. «Barselona» rahbariyati esa, o‘z navbatida, kelishuvning boshqacha ko‘rinishini — keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda.













