«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyo katta ehtimol bilan «Real»ga qaytadi. Jurnalist Ramon Alvares de Monning ma’lumotiga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis «qaymoqranglilar» rahbariyatiga Madrid klubiga o‘z murabbiylar shtabini, jumladan, Antonio Pintusning o‘rniga o‘zining jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyini olib kelish istagini bildirgan.
Mourinyo «Real» futbolchilari so‘nggi ikki mavsumda olgan 120 ta jarohatdan, shuningdek, jamoaning jismoniy tayyorgarligi past darajada ekanligidan xabardor. Chunki Madrid klubi o‘yinchilari aksariyat hollarda uchrashuv davomida raqiblariga qaraganda kamroq masofani bosib o‘tmoqda. Portugaliyalik mutaxassis «Real»dagi ushbu inqirozga chek qo‘ymoqchi.













