Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Alisson «Yuventus» bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi

Alisson «Yuventus» bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi

Baho:
+ | -

«Liverpul» darvozaboni Alisson Beker Italiyaga qaytishga yaqin turibdi. Insayder Nikolo Skiraning ma’lumotlariga ko‘ra, braziliyalik golkiper «Yuventus» bilan 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Uning Turin klubidagi maoshi mavsumga besh million yevroni tashkil qiladi.

Endi «Yuventus» Alissonning transferi borasida «Liverpul» bilan kelishish ustida ishlamoqda. «Qizillar» darvozabonni qo‘yib yuborish-yubormaslik borasida hali yakuniy qarorga kelishmagan. Tomonlar muzokaralar olib bormoqda.

Joriy mavsumda Alisson Beker «Liverpul» safida barcha turnirlarda 34 ta o‘yin o‘tkazib, 36 ta gol o‘tkazib yubordi va 13 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan

Kiritildi: 18:02, 06.05.2026.
O'qildi: 296 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик