Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Flik va Levandovskining agenti «Barselona» bilan muzokaralar o‘tkazish uchun yetib keldi

Flik va Levandovskining agenti «Barselona» bilan muzokaralar o‘tkazish uchun yetib keldi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik va hujumchi Robert Levandovskining manfaatlarini himoya qiluvchi agent Pini Zaxavi kataloniyaliklar bilan muzokaralar o‘tkazish uchun tashrif buyurdi. Zaxavi aks etgan lavhalar mashhur «El Chiringuito TV» ko‘rsatuvida namoyish etildi.

Avvalroq matbuotda Flik yaqin orada «Barselona» bilan 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgan edi. 37 yoshli Levandovski borasida esa turli ma’lumotlar, jumladan, uning jamoadan ketishi mumkinligi haqida ham gap-so‘zlar yuribdi.

Hozirda «Barselona» La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va «Real»ni 11 ochkoga ortda qoldirmoqda. Yakshanba kuni jamoalar o‘zaro «El-Klasiko»da maydonga tushadilar.

Kiritildi: 19:32, 06.05.2026.
O'qildi: 278 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик