Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Infantino: «JCH finali chiptasini 2 million dollarga sotib olgan kishiga xot-dog va kolani shaxsan o‘zim olib kelib beraman»

Infantino: «JCH finali chiptasini 2 million dollarga sotib olgan kishiga xot-dog va kolani shaxsan o‘zim olib kelib beraman»

Baho:
+ | -2

FIFA prezidenti Janni Infantino JCH-2026 o‘yinlari chipta narxlari borasidagi tanqidlarga hazil bilan javob qaytardi. Avvalroq chiptalarning yangi toifasi joriy etilgani va ularning narxi 2300 dollargacha yetishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

«Agar kimdir final chiptasini ikki million dollarga sotib olsa, u vaqtini a’lo darajada o‘tkazishi uchun xot-dog va kolani shaxsan o‘zim olib kelib beraman.

Biz bozorni hisobga olishimiz kerak, chunki dunyodagi eng rivojlangan ko‘ngilochar bozorga ega mamlakatda ishlayapmiz. Shu sababli bozor narxlarini qo‘llashimiz shart. AQSHda chiptalarni qayta sotishga ruxsat berilgan. Agar chiptalarni juda arzon sotsangiz, ular baribir ancha qimmat narxda qayta sotiladi. Ba’zilar narxlarimizni yuqori desa-da, bu chiptalar qayta sotish bozorida ikki baravar qimmatroq narxda paydo bo‘lmoqda», — dedi Infantino Beverli-Xillzdagi konferensiyada.

FIFA prezidenti, shuningdek, guruh bosqichi chiptalarining 25 foizi 300 dollardan arzonroq ekanini ta’kidladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, FIFA hozirgacha chiptalar uchun 500 milliondan ortiq ariza qabul qilgan.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 musobaqasi 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 19:42, 06.05.2026.
O'qildi: 433 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик