Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Kompani «PSJ» bilan kechgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi

Kompani «PSJ» bilan kechgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi

Baho:
+ | -

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Chempionlar ligasi yarim finalida «PSJ»dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi. Myunxenda bo‘lib o‘tgan javob uchrashuvi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Birinchi o‘yinda parijliklar 5:4 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.

«Ikkala o‘yin ham juda keskin o‘tdi, bizga yuqori darajadagi raqib ro‘baru keldi. «PSJ»ni finalga chiqqani bilan tabriklayman. Biz uchun Chempionlar ligasi yakunlandi, ammo yana imkoniyatlar bo‘ladi — mening motivasiyam ham shunda.

Menimcha, birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik. «PSJ»ning havodan uzatilgan to‘plarga qarshi qanday ajoyib himoyalanganini va qaytgan to‘plar uchun kurashda qanday g‘olib chiqqanini alohida qayd etgan bo‘lardim. Biz tez-tez xavfli hududlarda paydo bo‘ldik, biroq raqib bizga qulay pozisiyadan zarba berish imkonini qoldirmaslik uchun borini berdi», — dedi Kompani DAZN nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 03:16, 07.05.2026.
O'qildi: 293 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик