Italiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo yaqin vaqt ichida faoliyatini qayta tiklaydi. Insayder Nikolo Skiraning ma’lumotlariga ko‘ra, mutaxassisni o‘z safiga qo‘shib olishga «Torino» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Turin klubi allaqachon murabbiy bilan muzokaralarga kirishgan. Gattuzoga 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan, yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bo‘lgan shartnoma taklif qilindi. Ushbu kelishuvga ko‘ra, murabbiyning yillik maoshi 1,5 million yevroni (plyus bonuslar) tashkil etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jennaro Gattuzo 2025 yil iyunidan 2026 yil apreliga qadar Italiya terma jamoasini boshqargan edi. U terma jamoaning Jahon chempionatiga chiqa olmaganidan so‘ng o‘z lavozimini tark etgandi.
Ayni damda «Torino» Italiya chempionati turnir jadvalida 35 turdan so‘ng 41 ochko jamg‘arib, 13-o‘rinni egallab turibdi.













