«PSJ» hujumchisi Usman Dembele ketma-ket ikkinchi mavsum Chempionlar ligasi finaliga yo‘l olgach, ijtimoiy tarmoqlarda «Barselona» yarim himoyachisining eski intervyusidan parcha e’lon qildi.
«Ko‘pchilik meni futbol o‘ynashni bilmaydi deb o‘ylaydi. Ular futboldan hech narsani tushunishmaydi. Bu haqiqat», — degan edi Gavi matbuot anjumanlaridan birida.
Usman Dembele 2023 yilda «Barselona»dan 50 million yevro evaziga «PSJ»ga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda hujumchi parijliklar safida barcha turnirlarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Dembelening transfer qiymatini 100 million yevroga baholamoqda.













