Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Arbeloa Pitarchga ishonishda davom etadi

Arbeloa Pitarchga ishonishda davom etadi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa yosh yarim himoyachi Tyago Pitarchga ishonishda davom etadi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

18 yoshli futbolchi so‘nggi paytlarda klub ichidagi turli qarashlarga qaramay, yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda. Rahbariyatdagi ayrimlarga akademiya tarbiyalanuvchisining asosiy tarkib yulduzlari, jumladan, Eduardu Kamavinganing o‘rniga maydonga tushayotgani ma’qul kelmagan. Biroq Arbeloa Pitarch bilan jamoa o‘yinida muvozanat yaxshiroq saqlanishiga ishonchi komil.

Yaqinda «Espanyol» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng murabbiy shunday degan edi: «Real» smokingdagi o‘yinchilar ustiga emas, balki uchrashuvni terlagan, harakat va fidoyilik bilan to‘lib-toshgan formada yakunlaydigan futbolchilar ustiga quriladi».

Pitarch asosiy tarkibda tushgan 9 ta o‘yinda madridliklar faqat ikki bor mag‘lub bo‘lishdi. Yosh xavbek «Manchester Siti», «Atletiko» va «Bavariya» kabi grandlarga qarshi bahslarni dastlabki daqiqalardan boshlagan. Uning bozor qiymati esa allaqachon 20 million yevrogacha ko‘tarildi.

Kiritildi: 17:36, 07.05.2026.
O'qildi: 225 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик