«Barselona» futbolchisi Joau Kanselu har doim «ko‘k-anorranglilar» safida o‘ynashni istaganini yana bir bor ta’kidladi.
Portugaliyalik futbolchi Kataloniya klubiga bo‘lgan mehri bilan mashhur. Sport direktori Dekuning tan olishicha, o‘yinchining shaxsiy qiziqishi o‘tgan qishda «Al-Hilol» bilan ijara shartnomasini amalga oshirishda katta yordam bergan.
«Men dunyodagi hamma narsadan ham ko‘ra ko‘proq «Barselona»da o‘ynashni istardim. Bu haqda bolaligimdan beri orzu qilardim, ushbu klub yuragimda har doim alohida o‘rin tutgan. Hozir esa jamoaga La Liga chempionligini qo‘lga kiritishda yordam berishni istayman. Bu men uchun ajoyib tajriba bo‘ladi», — deya Kanseluning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
Xans-Diter Flik jamoasi agar yakshanba kuni o‘z maydonida «el-klasiko» doirasida Madridning «Real» klubiga yutqazmasa, chempionlikni naqd qiladi.













