Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arda Gyuler YECHLda Olise va Mbappeni ortda qoldirdi

Arda Gyuler YECHLda Olise va Mbappeni ortda qoldirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi Chempionlar Ligasining 1/4 final bosqichida musobaqani tark etgan bo‘lsa-da, Arda Gyuler eng ko‘p golli vaziyat yaratgan futbolchilar reytingida peshqadamlik qilishda davom etmoqda. Turkiyalik futbolchi eng nufuzli yevrokubokning joriy mavsumida 34 ta zarba uchun uzatmani amalga oshirdi — bu eng yaxshi natijadir. Ikkinchi o‘rinni «Bavariya»dan Maykl Olise va Madridning «Atletiko» klubi a’zosi Xulian Alvares bo‘lishib turibdi (har ikkisida 33 tadan). Kuchli beshlikdan, shuningdek, «Liverpul» vakili Florian Virs (32) va «Real» sharafini himoya qilayotgan Kilian Mbappe (31) joy oldi.

Chempionlar Ligasi finalida «PSJ» va Londonning «Arsenal» jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi. Eslatib o‘tamiz, «qaymoqranglilar»ning Yevropa maydonlaridagi yurishiga «Bavariya» chek qo‘ygan edi.

Kiritildi: 10:22, 08.05.2026.
O'qildi: 885 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик