«Atletiko» tayanch yarim himoyachisi Jonni Kardozo mashg‘ulot paytida jarohat oldi. Bu haqda «matraschilar» matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shifokorlar futbolchining o‘ng to‘pig‘idan jarohat olganini tashxislashdi. Endilikda u tiklanish kursini o‘taydi. Kardozoning futbol maydoniga qaytish muddatlari hozircha ma’lum qilinmagan.
Joriy Ispaniya chempionati mavsumida 24 yoshli amerikalik futbolchi 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, beshta sariq kartochka olgan.
Diyego Simeone shogirdlari Ispaniya La Ligasidagi navbatdagi o‘yinini o‘z uylarida «Selta»ga qarshi o‘tkazishadi. Uchrashuv shanba, 9 may kuni Toshkent vaqti bilan 21:30'da boshlanadi.













