Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» uchun jiddiy yo‘qotish: Federiko Valverde rasman «el-klasiko»da ishtirok etmaydi

«Real» uchun jiddiy yo‘qotish: Federiko Valverde rasman «el-klasiko»da ishtirok etmaydi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi urugvaylik yarim himoyachi Federiko Valverdening sog‘lig‘i haqida rasmiy bayonot berdi.

«Klub tibbiy xizmati tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, futbolchimiz Fede Valverdeda bosh-miya jarohati aniqlandi.

Valverde hozirda uyida bo‘lib, ahvoli yaxshi. Ushbu tashxis bo‘yicha tibbiy protokollarga muvofiq, u 10–14 kun davomida dam olishi kerak bo‘ladi», — deyiladi «qaymoqranglilar» bayonotida.

Shu tariqa, Valverde La Liga doirasida «Barselona»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan safar uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. "El-klasiko" 10 maydan 11 mayga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Federiko Valverde jamoadoshi Orelyen Chuameni bilan janjallashib qolgani, keyinchalik bu mojaro kiyinish xonasidagi jiddiy to‘qnashuvga aylangani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 15:05, 08.05.2026.
O'qildi: 1733 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик