Angliyaning «Kristal Pelas» klubi ustozi Oliver Glasner Konferensiyalar Ligasi yarim finalining javob uchrashuvida Ukrainaning «Shaxtyor» jamoasi ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi. «Burgutlar» 2:1 hisobida zafar quchishdi.
«Bu hayajonli qarama-qarshilik bo‘ldi. Raqibimiz qanchalik kuchli ekanligiga hamma guvoh bo‘ldi. Shogirdlarim o‘yin uchun tuzilgan rejaga qat’iy amal qilishdi. Bu g‘alabada ularning xizmati katta», — deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi TNT Sports.
Eslatib o‘tamiz, dastlabki uchrashuvda «Kristal Pelas» Ukraina klubini 3:1 hisobida mag‘lub etgan edi. Konferensiyalar Ligasining final bosqichida Glasner jamoasi Ispaniyaning «Rayo Valyekano» klubiga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 27 may kuni Leypsigdagi stadionda bo‘lib o‘tadi.













