«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike o‘zining tug‘ilgan kuni oldidan kutilmagan qaror qabul qildi.
RMC Sport tomonidan tasdiqlangan Le Parisien nashri ma’lumotlariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis o‘z jamoasini tug‘ilgan kunini nishonlash uchun Parijdagi Zafar arkasi yaqinida joylashgan Prunier restoraniga taklif qilgan. Bugun u 56 yoshni qarshi oldi.
Biroq Enrikening o‘zi u yerga kelmadi, parijliklar mutaxassisning tug‘ilgan kunini usiz nishonladilar.
Qayd etilishicha, murabbiy shu tariqa futbolchilarni Chempionlar Ligasi finaliga chiqqanliklaridan o‘zaro bahramand bo‘lishlari uchun yolg‘iz qoldirgan. «PSJ» turnirning yarim finalida ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Bavariya»ni mag‘lub etgan edi.













