Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Gvardiola — APLning aprel oyidagi eng yaxshi murabbiyi

Gvardiola — APLning aprel oyidagi eng yaxshi murabbiyi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premyer-ligasining aprel oyi yakunlariga ko‘ra eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aprel oyida «Manchester Siti» barcha uchta uchrashuvda g‘alaba qozondi. Jumladan, «Chelsi» ustidan yirik (3:0) hisobda zafar quchildi va «Arsenal»ga qarshi bahsda (2:1) muvaffaqiyatga erishildi. Bundan tashqari, «shaharliklar» «Byornli»ni kichik hisobda (1:0) mag‘lub etishdi.

Ayni damda Gvardiola shogirdlari Angliya chempionati turnir jadvalida 34 ta o‘yinda 71 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘rinni egallab turishibdi. Peshqadam «Arsenal»dan ortda qolish 5 ochkoni tashkil etadi, biroq «Manchester Siti»da zaxira o‘yini mavjud.

Ertaga, 9 may kuni «Manchester Siti» o‘z maydonida «Brentford»ni qabul qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.

Kiritildi: 18:51, 08.05.2026.
O'qildi: 297 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик