Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/06 01:00 Germaniya 2-1 Kot-d'Ivuar
21/06 05:00 Ekvador 0-0 Kyurasao
21/06 09:00 Tunis 0-4 Yaponiya
21/06 21:00 Ispaniya 4-0 Saudiya Arabistoni
21/06 23:59 Belgiya - Eron
22/06 03:00 Urugvay - Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya - Misr
22/06 22:00 Argentina - Avstriya
23/06 02:00 Fransiya - Iroq
23/06 05:00 Norvegiya - Senegal
23/06 08:00 Iordaniya - Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya - O‘zbekiston

Bartomeu: «Barselona» Vinisius bo‘yicha kelishuvga erishgan edi»

Bartomeu: «Barselona» Vinisius bo‘yicha kelishuvga erishgan edi»

Baho:
+ | -

«Barselona»ning sobiq prezidenti Xosep Bartomeu klub qanday qilib Madridning «Real» klubi hozirgi yulduzi Vinisius Juniorni qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgani haqida gapirib berdi. Braziliyalik futbolchi 2018 yilda «Flamengo»dan «qaymoqranglilar» safiga borib qo‘shilgan edi. Hujumchining faoliyati butunlay boshqacha ko‘rinish olishi mumkin edi.

«Bizda Vinisiusning transferi bo‘yicha kelishuv bor edi. Keyinroq «Real» aralashdi va ehtimol yaxshiroq taklif berib, uni bizdan ilib ketdi», – deya 2014 yildan 2020 yilgacha Kataloniya grandiga rahbarlik qilgan Bartomeuning so‘zlarini The Touchline nashri keltirmoqda.

«Real» tarkibida Vinisius ikki marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi va uch marta La Ligada zafar quchdi.

Kiritildi: 07:02, 09.05.2026.
O'qildi: 2643 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик