Kirish Ro'yxatdan o'tish

Shevchenko: «Milan» Chempionlar ligasiga qaytishi shart»

Shevchenko: «Milan» Chempionlar ligasiga qaytishi shart»

Baho:
+ | -

«Milan» Chempionlar ligasi hududiga kirib olishi kerak, bunga klubning sobiq to‘purari Andrey Shevchenko shubha qilmayapti. Uning so‘zlariga ko‘ra, yuzaga kelgan qiyinchiliklarga qaramay, klub bu vazifani uddalashi lozim.

«Ha, hozir qiyin davr. Men buni ko‘rib turibman. O‘ylashimcha, Modrichning yo‘qotilishi katta muammo bo‘ldi. «Atalanta»ga qarshi o‘yin o‘ta muhim ahamiyatga ega. Mavsum davomida «Milan»ga yordam bergan o‘sha ishtiyoqni qayta topish kerak», — deya Shevchenkoning so‘zlarini pianetamilan.it nashri keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, hozirda klub Italiya A Seriyasi turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. «Milan» oxirgi marta 2022 yilda Skudettoni qo‘lga kiritgan edi.

Kiritildi: 07:49, 09.05.2026.
O'qildi: 629 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик