Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yevropa klubi van Deykni sotib olmoqchi

Yevropa klubi van Deykni sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

«Liverpul» va Niderlandiya terma jamoasi markaziy himoyachisi Virjil van Deyk faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sporx jurnalistlari xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Istanbulning «Galatasaroy» klubi APLning 34 yoshli yulduzini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Turkiya grandi yozgi transfer oynasida van Deykni qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘radi.

Niderlandiyalik futbolchi 2018 yilning yanvaridan beri mersisaydliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Virgilning amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan, uning bozor bahosi esa 18 million yevroga baholanmoqda. APLning joriy mavsumida van Deyk 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va to‘rtta sariq kartochka oldi.

Kiritildi: 14:31, 09.05.2026.
O'qildi: 779 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик