Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa La Liganing 35-turi doirasida «Barselona»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. O‘yin 10 may kuni bo‘lib o‘tadi.
«Men buyuk raqibga qarshi katta o‘yin kutyapman. Hozirgi kunda juda yuqori darajadagi o‘yin ko‘rsatayotgan jamoaga qarshi bahs olib boramiz. Biz bu uchrashuvni — butun dunyoda eng ko‘p e’tiborni tortadigan o‘yinni katta ishtiyoq bilan kutmoqdamiz. U yerga g‘alaba qozonish ambisiyasi bilan yo‘l olamiz», — deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi AS nashri.
«Barselona» birinchi, «Real» esa ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 11 mayga o‘tar kechasi soat 00:00'da boshlanadi.













