Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Sporting» o‘z sobiq yulduzini qaytarmoqchi

«Sporting» o‘z sobiq yulduzini qaytarmoqchi

Baho:
+ | -

Portugaliyaning «Sporting» klubi yarim himoyachi Joau Palinyuni ortga qaytarmoqchi. Bu haqda A BOLA nashri xabar bermoqda. 30 yoshli Palinya joriy mavsumni ijara asosida «Tottenxem»da o‘tkazmoqda, biroq futbolchining shartnomasi «Bavariya»ga tegishli.

Manbaning ta’kidlashicha, agar «shporlar» mavsum yakunlangach, yarim himoyachini sotib olmaslikka qaror qilsa, «Sporting» o‘yinchini ijaraga olish yoki hatto to‘liq transfer qilish variantini ko‘rib chiqadi.

Avvalroq «Tottenxem» Palinyuni sotib olish maqsadga muvofiqligiga shubha qilayotgan edi. Biroq jamoa bosh murabbiyi lavozimiga Roberto De Dzerbi kelganidan so‘ng vaziyat o‘zgardi.

Joriy mavsumda Palinya barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, oltita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:04, 09.05.2026.
O'qildi: 822 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик