Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Chelsi» «Arsenal» iqtidorini sotib olmoqchi

«Chelsi» «Arsenal» iqtidorini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -2

«Arsenal» hujumchisi Itan Nvaneri faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin. CaughtOffside nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, 19 yoshli futbolchiga Londonning boshqa bir jamoasi — «Chelsi» qiziqish bildirmoqda.

Hozirda hujumchi ijara asosida Fransiyaning «Marsel» klubida to‘p tepmoqda. «Ko‘klar» Yevropadagi eng iqtidorli yosh futbolchilarni kuzatishda davom etmoqda va Nvaneri ularning asosiy nishonlaridan biriga aylangan.

Ma’lumot uchun, Itan Nvaneri «Arsenal» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning «kanonirlar» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi «Arsenal» va «Marsel» safida jami 23 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va bitta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer bahosini 40 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 19:42, 09.05.2026.
O'qildi: 1057 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик