Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yuventus» ustozi Openda borasida xato qilganini tan oldi

«Yuventus» ustozi Openda borasida xato qilganini tan oldi

Baho:
+ | -

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti jamoa hujumchisi Lui Opendaning kam maydonga tushayotgani borasidagi savollarga javob berdi. Belgiyalik forvard turinliklarning so‘nggi 10 ta o‘yinidan 7 tasida maydonda ko‘rinish bermadi.

«Bu mening xatolarimdan biri. Openda mashg‘ulotlarda a’lo darajada ishlamoqda, u juda jiddiy futbolchi va jamoadoshlari uni yaxshi ko‘rishadi. U ko‘proq e’tiborga loyiq», — dedi mutaxassis matbuot anjumani chog‘ida.

Eslatib o‘tamiz, Openda 2025 yilning sentyabr oyidan buyon «Yuventus» sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘shanda u «RB Leypsig»dan ijaraga olingan edi. Shu yilning aprel oyida Turin klubi 26 yoshli futbolchining transfer huquqini to‘liq sotib oldi va u bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

Joriy mavsumda belgiyalik hujumchi barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga ikkita gol yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 19:50, 09.05.2026.
O'qildi: 579 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик