Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mourinyo Portugaliyani JCH-2026 favoriti deb atadi: «Bu avlod har qanday jamoadan kuchli»

Mourinyo Portugaliyani JCH-2026 favoriti deb atadi: «Bu avlod har qanday jamoadan kuchli»

Baho:
+ | -

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyo JCH-2026 oldidan Portugaliya terma jamoasining imkoniyatlari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Portugaliya har qanday natijaga qodir. Ularda ajoyib avlod shakllangan. Jamoa o‘tgan yili Millatlar ligasida zafar quchdi. 2016 yilgi Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan tarkibga qaraganda, hozirgi avlod texnik jihatdan ancha kuchliroq. Albatta, Karlo Anchelotti boshqarayotgan Braziliya va Argentina kabi da’vogarlar bor, biroq Portugaliya bu yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqishga qodir», — deya Mourinyoning so‘zlarini keltirmoqda La Gazzetta dello Sport.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 shu yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadigan musobaqada Portugaliya guruh bosqichida Kongo, O‘zbekiston va Kolumbiya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:48, 09.05.2026.
O'qildi: 686 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик