Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kalum Makfarleyn «Liverpul» bilan o‘yindagi hakamlik va bekor qilingan gol haqida gapirdi

Kalum Makfarleyn «Liverpul» bilan o‘yindagi hakamlik va bekor qilingan gol haqida gapirdi

Baho:
+4 | -

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Kalum Makfarleyn APLning 36-turi doirasida «Liverpul»ga qarshi kechgan bahs (1:1) natijasi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limi boshida bosh hakam Kreyg Pouson VAR tizimiga tayangan holda «ko‘klar»ning golini ofsayd sababli bekor qilgan edi.

«O‘yinning ayrim pallarida tashabbus u yoki bu tomonga o‘tib turdi. Balki fikrim biroz noxolis tuyular, lekin biz bu bahsda g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. Bizda yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi: birinchi bo‘limda Enso gol urishi mumkin edi, Kukurelya esa qanotda yaxshi harakat qilib, xavfli uzatmalarni amalga oshirdi. O‘yinda bahsli ofsayd va yaqqol penalti belgilanishi kerak bo‘lgan vaziyat ham bor edi. Menimcha, «Enfild»dan uch ochko bilan qaytishga loyiq edik», — deya Makfarleynning so‘zlarini keltirmoqda Football.London.

Ma’lumot uchun, ushbu durang orqali «Chelsi» chempionatdagi olti o‘yinlik mag‘lubiyatli seriyasiga chek qo‘ydi. Hozirda jamoa 49 ochko bilan turnir jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi. «Ko‘klar» navbatdagi o‘yinni 16 may kuni «Manchester Siti»ga qarshi o‘tkazishadi.

Kiritildi: 22:07, 09.05.2026.
O'qildi: 569 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик