Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Atletiko» 45 million yevrolik transfer amalga oshirishi mumkin

«Atletiko» 45 million yevrolik transfer amalga oshirishi mumkin

Baho:
+ | -

«Vulverxempton» klubi yarim himoyachisi Joau Gomes Madridning «Atletiko» jamoasiga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda Globo Esporte nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, ayni damda klublar o‘rtasida muzokaralar olib borilmoqda. 25 yoshli braziliyalik futbolchining transferi Madrid klubi uchun taxminan 45 million yevroga tushishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Joau Gomes joriy mavsumda barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta gol va 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, «Vulverxempton» klubi 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra Angliya Premyer-ligasini tark etdi. Shu sababli jamoa o‘z yetakchilarini sotib yuborishi kutilmoqda.

Kiritildi: 22:51, 09.05.2026.
O'qildi: 700 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик