Kirish Ro'yxatdan o'tish

Devis bir necha haftaga safdan chiqdi

Devis bir necha haftaga safdan chiqdi

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi himoyachisi Alfonso Devis chap oyoq sonining orqa mushagidan jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.

25 yoshli kanadalik futbolchi Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi «PSJ»ga qarshi javob uchrashuvida (1:1) shikastlangan. Tibbiy ko‘rinib xulosalariga ko‘ra, futbolchi kamida bir necha haftani maydondan tashqarida o‘tkazishga majbur bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Devis joriy mavsumda barcha musobaqalarda 23 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 1 ta gol va 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Uning Myunxen klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyun oyi yakuniga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali futbolchining ayni damdagi bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 22:52, 09.05.2026.
O'qildi: 358 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик