Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/06 02:00 Fransiya 3-0 Iroq
23/06 05:00 Norvegiya 3-2 Senegal
23/06 08:00 Iordaniya 1-2 Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya 5-0 O‘zbekiston
24/06 01:00 Angliya - Gana
24/06 04:00 Panama - Xorvatiya
24/06 07:00 Kolumbiya - Kongo DR
24/06 23:59 Shveysariya - Kanada
24/06 23:59 Bosniya-Gertsegovina - Qatar
25/06 03:00 Shotlandiya - Braziliya
25/06 03:00 Marokash - Gaiti
25/06 06:00 Chexiya - Meksika
25/06 06:00 JAR - Janubiy Koreya

«PSJ» Luis Enrike bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi

«PSJ» Luis Enrike bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

Parijning «PSJ» klubi rahbariyati va jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike yangi shartnoma borasida kelishuvga yaqin kelishdi. Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, yangi kelishuv to‘rt yilga mo‘ljallanadi.

Qayd etilishicha, rasmiy shartnoma mavsum yakunlanganidan so‘ng imzolanishi mumkin. Ayni damda ispaniyalik mutaxassis bor e’tiborini joriy mavsumdagi vazifalar, xususan, Fransiya chempionati va Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatli ishtirokka qaratgan.

55 yoshli Luis Enrike 2023 yildan buyon «PSJ»ni boshqarib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi. Uning qo‘l ostida parijliklar uch bor Fransiya Superkubogi, ikki martadan mamlakat chempionati va kubogida zafar quchishdi. Shuningdek, jamoa uning boshqaruvida bir martadan Chempionlar ligasi va UYEFA Superkubogi g‘olibiga aylandi.

Ma’lumot uchun, Enrike muqaddam «Roma», «Selta» va «Barselona» klublarida, shuningdek, Ispaniya terma jamoasida faoliyat yuritgan. U «Barselona» bilan 2015 yilda trebl qayd etib, YECHLda g‘olib chiqqan edi.

Kiritildi: 22:54, 09.05.2026.
O'qildi: 543 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик