Kirish Ro'yxatdan o'tish

Olise «Bavariya» safida sermahsullik borasida ajoyib natija qayd etmoqda

Olise «Bavariya» safida sermahsullik borasida ajoyib natija qayd etmoqda

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi vingeri Maykl Olise Bundesliganing 33-turi doirasida «Volfsburg» darvozasini ishg‘ol etdi. Ushbu gol fransiyalik futbolchi uchun myunxenliklar safidagi joriy mavsumdagi 22-goli bo‘ldi.

Olise 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda jami 50 ta o‘yinda maydonga tushib, «gol+pas» tizimida 47 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Uning ko‘rsatkichlari musobaqalar kesimida quyidagicha:

  • Bundesliga: 31 o‘yinda 15 ta gol va 18 ta golli uzatma;

  • Chempionlar ligasi: 13 o‘yinda 5 ta gol va 6 ta golli uzatma;

  • Germaniya kubogi: 5 o‘yinda 2 ta gol va 1 ta golli uzatma.

Shuningdek, futbolchi Germaniya Superkubogi bahsida ham maydonga tushgan, biroq unda samarali harakatlarni amalga oshira olmagan.

Kiritildi: 23:22, 09.05.2026.
O'qildi: 485 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик