Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Xames Rodriges JCH-2026dan so‘ng faoliyatini yakunlashi mumkin

Xames Rodriges JCH-2026dan so‘ng faoliyatini yakunlashi mumkin

Baho:
+ | -

Kolumbiya terma jamoasi sardori Xames Rodriges 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin katta futbol bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AS nashrining Kolumbiyadagi filiali xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi o‘zi to‘p surayotgan MLSning «Minnesota» klubi rahbariyatini joriy yilning yozida faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Xames Rodriges faoliyati davomida Yevropaning «Monako», «Real Madrid» va «Bavariya» kabi grand klublari sharafini himoya qilgan. U joriy yilning iyul oyida 35 yoshni qarshi oladi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionatining guruh bosqichida Kolumbiya terma jamoasi O‘zbekiston, Kongo DR va Portugaliya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.

Kiritildi: 23:40, 09.05.2026.
O'qildi: 712 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик