Kirish Ro'yxatdan o'tish

Doku o‘z o‘yinini Rahim Sterlingniki bilan qiyosladi

Doku o‘z o‘yinini Rahim Sterlingniki bilan qiyosladi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» vingeri Jeremi Doku mavsum yakuniga kelib yuqori sport formasiga kirib oldi. Belgiyalik futbolchi APLning so‘nggi turi doirasida «Brentford»ga qarshi kechgan bahsda (3:0) hisobni ochib, jamoasining yirik g‘alabasiga yo‘l ochib berdi.

O‘yindan so‘ng Doku o‘z gollari va sobiq «shaharlik» Rahim Sterling o‘rtasidagi farq haqida to‘xtalib o‘tdi.

«Bu mavsumdagi gollarimga qarasam, ularning birortasi ham qaytgan to‘pni darvozaga kiritish orqali urilmagan. Masalan, Sterlingning «Siti»dagi istalgan mavsumiga qarasangiz, u bir mavsumda kamida 5-7 ta golni aynan darvoza oldidagi yaqin masofadan kiritgan. Mening gollarimning barchasi chiroyli chiqmoqda, lekin men o‘z hisobimga mana shunday «oddiy» gollarni ham qo‘shib qo‘ymoqchiman», — deydi futbolchi The Touchline nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, 23 yoshli futbolchi oxirgi uchta uchrashuvda o‘z hisobiga to‘rtta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoa ayni damda chempionlik uchun kurashni davom ettirmoqda.

Kiritildi: 05:57, 10.05.2026.
O'qildi: 453 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик